«o‘quvchini urish» tegli maqolalar


Toshkentda sinov muddatidagi o‘qituvchi o‘quvchini urdi. Uning ustidan surishtiruv ketmoqda
25 sentabr 2024, 12:05

Toshkentda sinov muddatidagi o‘qituvchi o‘quvchini urdi. Uning ustidan surishtiruv ketmoqda

Chilonzor tumanidagi maktabda sinov muddatida bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchisi birinchi ish kunida 6-sinf o‘quvchisini unga gap qaytargani uchun urdi. Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.

Farg‘onada o‘quvchini ro‘mol o‘ragani uchun urgan maktab direktori jarimaga tortildi
30 iyul 2024, 19:30

Farg‘onada o‘quvchini ro‘mol o‘ragani uchun urgan maktab direktori jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltaklab, haqorat qilgandi. U MJTKning 2 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, BHM 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Farg‘onada maktab direktori ro‘molini yechishni istamagan o‘quvchi qizni kaltakladi (+video)
20 may 2024, 22:50

Farg‘onada maktab direktori ro‘molini yechishni istamagan o‘quvchi qizni kaltakladi (+video)

Farg‘onaning Buvayda tumanida maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltakladi. Holat tuman IIB nazoratiga olindi, tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi
14 may 2024, 23:34

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi
10 aprel 2024, 02:43

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi

Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi
18 fevral 2024, 10:04

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiydagi maktabda o‘qituvchi 2 o‘quvchini kaltakladi
6 fevral 2024, 10:50

Navoiydagi maktabda o‘qituvchi 2 o‘quvchini kaltakladi

Navoiy shahridagi 18-sonli maktabda rus tili o‘qituvchisi (erkak) 2 nafar o‘quvchini kaltakladi. Hozirda holat bolalar ombudsmani kuzatuvida va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Xorazmdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
31 oktabr 2023, 15:55

Xorazmdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi

Tarmoqlarda Bog‘ot tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Xorazm viloyati maktab ta’limi boshqarmasi voqeadan so‘ng o‘qituvchi ishdan olingani, bolalar ombudsmani esa o‘quvchining manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi
22 noyabr 2022, 14:47

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi

Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting